Nozaninlar benavolarga tarahhum aylangiz
Lutf agar yo`qtur g`azab birla takallum aylangiz
Gah buyuk gah past giryon ko`rsangiz ushshoqni
Qosh kulmassiz nihon bori tabassum aylangiz
Biz fano tuprog`i bo`ldik dayr aro ey ahli zuhd
Xonaqoh sahnida siz bahsi taqaddum aylangiz
Ey mug`anniylar Navoiy mast edi kech uyg`onur
Oni uyg`otmoqqa bir dilkash tarannum aylangiz
Sumbulim Layli ochibdur yel kibi raso emas
Dog`ini Majnun qonatmish lolai xumro emas

Nastarin ko`zgusidur bir sori men bir sori yor
Chehri aksin ko`rguzur bir yuz guli ra’no emas

Gulni o`xshatqanmikin yorimga go`yo bog` aro
Yuz pari ko`nglum ichidin bulbuli shaydo emas

Sumbul ustidin nasim esgach nigorim durrasi
Yod qildimki dimog` oshiftadur shaydo emas

Gulni sarv uzra xayol ettim ko`ngil bo`stonida
Rost aytay sarvi gul ro`yin kibi zebo emas

Bo`lmangiz mag`rur ey shohlar bu bog` aro
Siz kabi bulturgi gullardan biri paydo emas

Menga gul ruxsoriyu bulbulga gul tutmish qadah
Mast erur ul ham Navoiydek vale rasvo emas