Oh qalbimni o'tga otdilar
Oh qadrimni arzon sotdilar
Ustimdan ham kulib qotdilar
Yomonlardan charchadim ona

Do'stman deydi g'animga sotib
Zulmat ichra gunohga botib
Ishonchimni qo'ygan yo'qotib
Yolg'onlardan charchadim ona
Ishonchimni qo'ygan yo'qotib
Yolg'onlardan charchadim ona

Yolg'onlardan charchadim ona
Yomonlardan charchadim ona
Gumonlardan charchadim ona
Armonlardan charchadim ona