Oynaga qarayman
Sochlarim tarayman
Kiyov bo'ldimi deb
Yuzlarim silayman
Onam ko'zlarida yosh
Ko'zlarida porlar quyosh
Baxting muborak deb
El yurtga berdolar osh

Karnay surnay ovvozi
Jaranglaydi har tomon
Kelin keladi deb kelar
Hamma biz tomon

Buvijonim nuroniy
Duo qiling chiroyliy
Baxtimiz butun bo'lsin
Fayzga to'lsin shu bugun

Onajonim to'ylar muborak
Dadajonim to'ylar muborak
Buvijonim to'ylar muborak
Shodlik kunimiz muborak