Behuda yig'lama ko'ngil
Sevgini o'zi yetmagay
Bulbul so'lsa ham so'lar gul
Sevgining o'zi yetmagay

Qozon tovoq ko'rpa kerak
To'yga yetar sarpo kerak
Yana to'p to'p narsa kerak
Sevgining o'zi yetmagay
Ishq deymiz qani nedur
Bo'yi qancha eni nedur
Sinalmush yuz ming sanadur
Sevgining o'zi yetmagay

Behuda yig'lama ko'ngil
Sevgini o'zi yetmagay
Bulbul so'lsa ham so'lar gul
Sevgining o'zi yetmagay