Notanish bir qizning rasmin chizaman
Baribir u senga o'xshab ketadi
Notanish bir qizning rasmin chizaman
Baribir u senga o'xshab ketadi

Sababin bilolmay hayron kezaman
Hayolim qoshingga boshlab ketadi
Sababin bilolmay hayron kezaman
Hayolim qoshingga boshlab ketadi

Qiz esa qarshimda o'tirar hamon
Bu sirni bilmasdan boqadi hayron
Qiz esa qarshimda o'tirar hamon
Bu sirni bilmasdan boqadi hayron

Men esa hijolat tortaman batta
Qaylarda yuribsan sevgilim jonon
Men esa hijolat tortaman batta
Qaylarda yuribsan sevgilim jonon