Agar menga bo'lgan sevging chin bo‘lsa
Agar tanlaganing jonim men bo'lsam
Uzat o'ng qo‘ling menga sevgim timsoli
Uzuk taqay unga bir umrga

Kel yashaylik biz birga
Bizning ertagimizda
Do'stu dushman ichida
Ikkimiz oxirgacha

Eng so'nggi nafasgacha
To o‘lim ajratguncha
Yaxshi yomon kunimda
Bo‘lasanmi yonimda

Hammadan go'zalsan sen oq libosda
Hayajonda dugonalar havasda
Ayt bu tushmi yo o‘ngim
Nahot senga erishdim
Mening baxtim
Men ahd qildim

Kel yashaylik biz birga
Bizning ertagimizda
Do'stu dushman ichida
Ikkimiz oxirgacha
Eng so'nggi nafasgacha
To o‘lim ajratguncha
Yaxshi yomon kunimda
Bo‘lasanmi yonimda