Sizni kechirdimu unutolmadim
Dilni yolg'on bilan yoritolmadim
Yurakni so'z bilan ovutolmadim
Sizsiz yasholmayman buni bilasiz

Kutishdan charchadim qachon kelasiz
Bilaman kelmaysiz Ammo ne qilay
Ammo qachongacha sizni sog'inay
Keling poyingizga bir bor yiqilay
Men yig'layveraman sizchi kulasiz
Yig'lashdan charchadim qachon kelasiz