Onamga olib bordim to’rtta kulcha non
Bolanga olib bor dediya onam
To tongacha yig’ladi osmon
Uning bilan yig’ladim men ham
Ko’zlariga tikildim qarab
Bu ko’zlarda turardim o’zim
Sochidagi qormidi yo rab
Qayerlarda ediya ko’zim
Kimlardandir… Kimlardandir habar olaman
Ish ham qursin yumush ham qursin
Men notovon yomon bolaman
Onajonim ko’p umr ko’rsin
Men negadir asal olmadim
Yo olgani yuqmidi pulim
Kimlargadir sovg’a bir quchoq
O’z onamga yo’qmidi gulim
Allakimga qilgan sovg’amiz
Hatto ochilmaydi pisand bo’lmaydi
Hursand bo’lsin deya tuqqan onamiz
Bir juft “paypoq” olish esga kelmaydi