Nozik qalbingni gar
Tilib kesalar
Yuzingdan kulgularing
Olib qo'ysalar
Qadringni
Yerga ursalar
Yerga boshing egib
Yig'lama ayol
Mo'ltiragan ayolga
Hali keraksan
Yomonman dema san
Toza yuraksan

Ertang go'zal uni
O'zing bilmaysan
Ufqqa termulib
Yig'lama ayol
Farzandim deb yashading
Joningni berib
Faqat shirin so'zlading
Bag'rida erib
Mehrga zor ko'zlaring
Yoshlardan to'lib
Kuchsizman deb aslo
Chekinma endi