Bir kun izlarini
Izlab xor bo'lar
Bir kun dunyo
Ko'zlariga tor bo'lar
Qaytar dunyo ishi
O'ziga qaytib
Onani yig'latgan
Farzand xor bo'lar

O'zining to'rt kunlik
Roxatin o'ylab
Suyganin siylab
Onasin qiynab

Bir kuni azobda
Qabrini yo'qlab
Onani yig'latgan
Farzand xor bo'lar