Kulganimga qaramang ichim to'la dard alam
Kulib kulib yengaman ichimdagi dardni ham
Men ham bir oddiy inson ikki qo'l ikki oyoq
Hech kimdan ortiq emas ikki ko'z ikki quloq
Men ham bir oddiy inson ikki qo'l ikki oyoq
Hech kimdan ortiq emas ikki ko'z ikki quloq
Kim tabib kimdur mashshoq
Kim boy yana kim qashshoq

Kimda imkon yo'q ammo
Kimlarda omad ko'proq
Oyni o'n beshi qora yana o'n beshi yoruq
Kimni aybi kam emas suvdan chiqadi quruq
Oyni o'n beshi qora yana o'n beshi yoruq
Kimni aybi kam emas suvdan chiqadi quruq
Qiyofam har xil biroq barisida kulgu bor
"Образ"larim turlicha bu ishdan qilmayman or
Uzr deyman avvalo Kimgadur bersam ozor
Ichim to'la dard alam buni qilmayman inkor
Uzr deyman avvalo Kimgadur bersam ozor
Ichim to'la dard alam buni qilmayman inkor