O’zgalar ikkimiz ko’rolmaslar hech
Jon derlar jonini berolmaslar hech
Bilib qo’y mendayin sevolmaslar hech
Seni sevmoq faqat menga yarashadi

Baxtimizga qarshi turganlar kim
Ahdimizni chetga surganlar kim
Menga ayt xayolingni buzganlar kim
Seni sevmoq faqat menga yarashadi

Menga ne – o’zgalar qanday qarashadi
Sevgida balki har kim adashadi
Lek yurak tinmaydi tinmayin kurashadi
Seni sevmoq faqat menga yarashadi

Kuydirma hijronda armonda qolmay
Dastingda hasratda hayratda yonmay
Qaylardasan jonim Qaylarda bo’lmay
Seni sevmoq faqat menga yarashadi

Bilarmisan sevgimni ko’zimdan
Kim sevadi yor ko’proq seni o’zimdan
Anglagin baxtingni jonim so’zimdan
Seni sevmoq faqat menga yarashadi

Baxtimizga qarshi turganlar kim
Ahdimizni chetga surganlar kim
Menga ayt xayolingni buzganlar kim
Seni sevmoq faqat menga yarashadi

Menga ne – o’zgalar qanday qarashadi
Sevgida balki har kim adashadi
Lek yurak tinmaydi tinmayin kurashadi
Seni sevmoq faqat menga yarashadi

Baxtimizga qarshi turganlar kim
Ahdimizni chetga surganlar kim
Menga ayt xayolingni buzganlar kim
Seni sevmoq faqat menga yarashadi

Menga ne – o’zgalar qanday qarashadi
Sevgida balki har kim adashadi
Lek yurak tinmaydi tinmayin kurashadi
Seni sevmoq faqat menga yarashadi