Hayoting musaffo
Nurlarga to'lar
Onangni qalb quri
Rizoga to'lsa
Egilmas boshing ham
Qadding g'oz bo'lar
Otangni qo'llari
Yelkangda bo'lsa

Qo'llari duoda
Sen uchun quvonchli
Kunlaring diling
Bo'lmas xun

Sen misli xoqonsan
Misoli xorun
Otangni qo'llari
Yelkangda bo'lsa