Tirikchilik yo'llarida
Uchib uchib adashdingmi
Haqiqat yo'q tomonlarda
Haqqing uchun kurashdingmi
Yashash uchun kurash degan
Maydonda bir o'zing qolib
O'laksaxo'r qushlar bilan
Goh urushib talashdingmi

Kimlargadir yoqmadimi
Omadli parvozlaring
Dushmandlaring titratdimi
Jaranglagan ovozlaring
Har xil nohaq asli yolg'on
O'yinlardan to'ydingmi
Bilib bilmay qarg'alarni
Boshin cho'qib qo'ydingmi

Qafasdagi qush qafasdagi qush
Darding o'zing bilasan
Do'su dushmand kimligini
Shu qafasda bilasan
Qafasdagi qush qafasdagi qush
Bir kun jufting quchasan
Shu qafasdan ozod bo'lib
Baland baland uchasan
Shu qafasdan ozod bo'lib
Baland baland uchasan