Keksayganda qayga yetar nolam meni
Qiynamasa bunchalar ham olam meni
Onang betob mendan mador ketgan bolam
Bir bor yo'qlab kelmaysanmi bolam meni

Keksayganda qayga yetar nolam meni
Qiynamasa bunchalar ham olam meni
Onang betob mendan mador ketgan bolam
Bir bor yo'qlab kelmaysanmi bolam meni

Polvon bolam otangni bir yo'qlaysanmi
Arslon bolam onangni bir eslaysanmi
Seni deya sog'inchimiz osmon bolam
Bolam yo'qlab kelmaysanmi bolam meni