Bo`yimga yetib qolibsan
Qizlarga javdirab qolibsan
Kimnidir topib olibsan

Sevishga ehtiyot bo`l ukajon
Baribir gapimga kirmaysan
Kechalar uyingga kelmaysan

Yig`latib ketadi bilmaysan
Sevishga ehtiyot bo`l ukajon

Sevmagin demayman yo`q-yo`q
Sevmasang senday ukam yo`q
Bu zamonda Zuhrolar yo`q

Sevishga ehtiyot bo`l ukajon
Haddidan oshib kuylarim
Bir hazil qo`shiq kuyladim

Dardimni qo`shib kuyladim
Sevishga ehtiyot bo`l ukajon