Bog`imda nastarin bor
Gullaydi har ilk bahor
Nastarin guli mayda
Bunday gul bordir qayda


Mayda mayda mayda
Nastarin guli mayda
Mayda mayda mayda
Bunday gul bordir qayda


Har shoxi bir guldasta
Atridan dil payvasta
Jimjimador gullari
O`ynashar bog` yellari


Nastarin gul qo`limda
Qo`limdamas ko`nglimda
Bog`imda nastarin bor
Gullaydi har ilk bahor


Mayda mayda mayda
Nastarin guli mayda
Mayda mayda mayda
Bunday gul bordir qayda


Mayda mayda mayda

Nastarin guli mayda
Mayda mayda mayda

Bunday gul bordir qayda



Mayda mayda mayda

Bunday gul bordir qayda