Bahor kelganda ochilar
O'sha sen sevgan lolalar
Sen-la meni uchrashtirgan
Chiroyli qizil lolalar
Qo'lga oldim qog'oz-qalam
Maktubim yosh to'la alam

Sen o'zgaga yor bo'libsan
Bu maktublarni yirtaman
Lolalar mening dardim biladi
Lolalar ko'z yoshlarim artadi

Lolalar sirdoshlarim boladi
Seni qanchalar sevganimni
Faqat ular biladi

Lolalar mening dardim biladi
Lolalar ko'z yoshlarim artadi
Lolalar sirdoshlarim bo'ladi
Lolalar

Bugun sendan olislarda
Orzularimni ko'mganman
Senga yozgan maktublarda
Armon qasrini qurganman

Bahorda lolalar go'zal
Orzu bilan yashash go'zal
Bugun men seni yo'qotdim
Menga sensiz o`lim afzal

Lolalar mening dardim biladi
Lolalar ko'z yoshlarim artadi
Lolalar sirdoshlarim bo'ladi
Seni qanchalar sevganimni