Mana hanuz bo`z ko`zlarimni bir hijron to`sar
Yoki umrim chog`im har dam bu dardlar bezar
Yod-u fikrim ne zamonki o`tlarga solib
Sevgidan kelgan alamlar bag`rimni ezar
Bilmadim qay bir fursat begonalar bo`ldi u yor
Bilmadim qay bir xato ayriliqqa etdi duchor
Bilmadim sevgi aybmi yo sevgan dilmi gunohkor
Bilmadim bilolmadim bilganim shu – begona yor

Hasratim bor ko`ksim uzra bu dardim talay
Yor mani ayro ayro etdi na qilay
Ket dedi hayotimdan men ham ketdim jim indamay
Boshimni qayga uray dilga davo kimdan so`ray

Ne dard bu darmoni hijron dilni qiynar har on oh yomon
Ne g`am bu farmoni armon dilni qiynar har on begumon
Kundan kun qiynar hijron yor vasling endi armon
Bir lahza endi seni ko`rmoqqa yo`qdir imkon
Ko`ksimda hijron dardi qaylarda bo`lma mayli bo`l omon
Bo`l omon
Hasratim bor ko`ksim uzra bu dardim talay
Yor mani ayro ayro etdi na qilay
Ket dedi hayotimdan men ham ketdim jim indamay
Boshimni qayga uray dilga davo kimdan so`ray