Sokinlik baxsh etar
Mayus ko'zlari
Ko'kragim qafasdek
Qisgan kezlari

Allohning ne'mati
O'g'il qizlarim

Sizlardan onamni
Yaxshi ko'raman

Muhabbat taftini
Quyoshda ko'rdim
Quvonchdan salqigan
Ko'z yoshda ko'rdim

Onam bardoshini
Har toshda ko'rdim

Quyoshdan onamni
Yaxshi ko'raman

Dardim bo'lsa
Kuyingan onam
Quvonchimga suyingan onam
Munisgina mehribonginam
Men onamni yaxshi ko'raman