Yomg'ir yog'ib yig'laydi osmon
Sog'inchlarim qo'zg'atib yana
Nigohlaring ko'z oldimda hamon
Yangilandi dilimda yara
Esingdami ilk bor uchrashuv
Tanishgan edik
Yomg'ir ostida
Afsus bugun yana his qildim
Ojizligim taqdir oldida

Yomg'ir yog'di yana
Mayda maydalab
Sog'inch qiynar yana
Qayta qaytalab
Orzuga yetolmadik
Baxtimiz tutolmadik
Ne qilay yurak seni etsa talab

Yomg'ir yog'di yana
Mayda maydalab
Sog'inch qiynar yana
Qayta qaytalab
Orzuga yetolmadik
Baxtimiz tutolmadik
Ne qilay yurak seni etsa talab