Tim qora tog` kun qora
Atrofim jimjit xira
Go`yo hayot ataylab
Meni qilar masxara

Ma’yus qorday yillarim
Asta ko`mar yo`llarim
Sog`inchlardan chinqirar
Bemador zor yuragim

Seni ko`rsam qaniydi
Bir bor ko`rsam qaniydi
Hech bo`lmasa uzoqdan
Ko`rib o`tsam qaniydi

Seni ko`rsam qaniydi
Bir bor ko`rsam qaniydi
Hech bo`lmasa chang bo`lib
Senda qolsam qaniydi

Yolvoraman Xudodan
Qanot bersa qaniydi

Hech bo`lmasa qush bo`lib
Senga qo`nsam qaniydi
Seni ko`rsam qaniydi…

Yomg`ir yuvar yoshimni
Qayg`u silar boshimni
Bir umrga so`ndirdi
Armon baxt quyoshimni

Ma’yus qorday yillarim
Asta ko`mar yo`llarim
Sog`inchlardan chinqirar
Bemador zor yuragim

Seni ko`rsam qaniydi
Bir bor ko`rsam qaniydi
Hech bo`lmasa uzoqdan
Ko`rib o`tsam qaniydi

Seni ko`rsam qaniydi
Bir bor ko`rsam qaniydi
Hech bo`lmasa chang bo`lib
Senda qolsam qaniydi

Seni ko`rsam qaniydi
Bir bor ko`rsam qaniydi
Hech bo`lmasa uzoqdan
Ko`rib o`tsam qaniydi

Seni ko`rsam qaniydi
Bir bor ko`rsam qaniydi
Hech bo`lmasa chang bo`lib
Senda qolsam qaniydi

Yolvoraman Xudodan
Qanot bersa qaniydi
Hech bo`lmasa qush bo`lib
Senga qo`nsam qaniydi