Men yuzi ko’zgusiga soyangiz tushgan Nargiz
Ko’zim nigoron bo’lib xayolim uchgan Nargiz

Go’yo topdim muhabbat gulshanidan bir maskan aha-hey
O’sha men – har kecha yor suratin quchgan Nargiz

Oh hargiz xabar olmaysiz hargiz
Xabar olmaysiz hargiz

Garchi gulzorda ko’pdir ziynat topgan lolalar
Siz uchun guldastadir orziqib kutgan Nargiz

Fosh etolmay sevgisin yashirib gulshan aro aha-hey
Men o’sha – bilarsiz deb g’amlarni yutgan Nargiz

Oh hargiz xabar olmaysiz hargiz
Xabar olmaysiz hargiz

Kelib ko’rsin zulfimning zarri parishon netay
Man ham ul kabi zorman o’zin unutgan Nargiz

Komiljon baxshi erur ruhi xayron Nargizga aha-hey
Jon sadqa joningizga yo’lingiz kutgan Nargiz