Zulmatlarni ziyo qilgay duolari
Orzularim ro'yo qilgay duolari
Nogoh tashlab ketsa baxtu omadlarim
Yo'q omadni paydo qilgay duolari
Og'ir kunda boshim silab
Tinglar nolam

mehribonim boringizga shukur onam
Mening uchun qo'llaringiz
Qadoq bo'lgan
Sochingiz oq yo'lingizni
Rangi so'lgan
Jonim bolam deya
Jonin bergan
Dard chekasiz zarra dardni
Seza tanam
Mehribonim boringizga shukur onam