Sevgan yoring
Mendek bo'lmadimi
Kelaman deb
Aldab kelmadimi

Hatto senga jonim
Parvo qilmadimi
O'shanda men senga
Armon bo'laman
Senga mendek
Mehr bermadilar
Holing na deb
Bir bora so'rmadilar
Mendek sodiq
Oshiq bo'lmadilar
O'shanda men senga
Armon bo'laman

Bir kun qadrim bilib
Kelarsan ey yor
Balki yig'lab balki
Kulib eslarsan ey yor