Tug`ilgan kuningda sendan olisda
Ne taqdirki yoring ham yolg`iz-da
Rizqini har joydan terar har banda
Bu mavzuda har kim ham ojiz-da

Ko`ngil yorib aytsam to`g`risin
Yolg`izim o`zing yuragim o`g`risi
Sog`inganda ichim og`risa
Yoningda bo`lgim kelar

Shamol keltirsa-yey yorim muattar atringni
Xayol keltirsa-yey ko`z oldima gul rasmingni
Visol keltirsa-yey la’li labingda bol keltirsa
Labingda bol keltirsa…

Tug`ilgan kuningda dil izhorim bo`lib
Tabassumim borsa qizil gullarda
Balki omadimning kichik badali bo`lib
Umrim o`tmoqdami uzoq yo`llarda

Atirgul tikoni bag`ring o`yib
Xo`rsinasan yoki yig`larsan to`yib
Hammasini bir kun bir chetga qo`yib
Yoningda bo`lgim kelar

Shamol keltirsa-yey yorim muattar atringni
Xayol keltirsa-yey ko`z oldima gul rasmingni
Visol keltirsa-yey la’li labingda bol keltirsa
Labingda bol keltirsa