O'ying mayli bag'rimni o'ying
Ne qilaman birga bo'lmasam
O'lganimda xotirlab qo'ying
Yana qaytib ko'risholmasak

O'lganimda xotirlab qo'ying
Yana qaytib ko'risholmasak

Ketarmisiz siz mendan yiroq
Umrim ado qiladi firoq
Muhabbatim unutmang biroq
Yana qaytib ko'risholmasak

Muhabbatim unutmang biroq
Yana qaytib ko'risholmasak

Eslang o'shal shod kunimizni
Birga o'tgan har tunimizni
Bog'lab qo'ying eh ko'nglimizni
Yana qaytib ko'risholmasak

Bog'lab qo'ying eh ko'nglimizni
Yana qaytib ko'risholmasak