Ichimda yig'ilgan
Siz chun so'zlarim
Yo'lingizga mushtoq
Bo'ldi ko'zlarim
Keling bir ko'rishib
Diydorlashaylik
Qarz olib ko'rinmay
Ketgan do'stlarim

Bir paytlar juda
Qadrdon edik
Aka ukalardek
Mehribon edik
Senga pul berib ming
Pushaymon yedik
Qarz olib ko'rinmay
Ketgan do'stlarim

Yordam qiling bula
Savob degandiz
Bizdan bitta qozon
Kabob degandiz
Uch kunda beraman
Javob degandiz
Qarz olib ko'rinmay
Ketgan do'stlarim