Rohatlarim bir chekkaga
Qo'yib sevdim
Jondan ortiq bu jonimdan
To'yib sevdim
Ismingni ham yuragimdan
Qo'yib sevdim
Sen bilmading sevganimni
Sen bilmading

Sen deb hatto o'zimdan ham
Kechar edim
Hijronlardan ishq og'usin
Ichar edim

Seni hatto tushlarimda
Quchar edim
Sen bilmading sevganimni
Sen bilmading
Bilmading bilmanding
Sevganimni bilmading
Bilmading bilmanding
Qadrim aslo sezmading