Bolalik zavqini yo‘qotish azob
Shirin hotirani uyg‘otish azob

Qalbim javonida eng ulug‘ kitob
Baxti kamolimni ko‘rmagan dadam

Sog‘inchim faslida bo‘lmagan dadam
Yillar sinovidan toblanib o‘tdim
Alam zardobini ichimga yutdim
Laylay tun qadirday bir sizni kutdim

Siz siz yarim ko‘nglim to‘lmagan dadam
Mehrimning qasrida o‘lmagan dadam

Vaqt o‘tib davonlar oshib boraman
Qabringiz yoniga shoshib boraman

O‘ttiz yilki sizni esga olaman
Kerak payt yonimda bo‘lmagan dadam
Mehrim quchog‘ida o‘lmagan dadam
Hayot zarbalari boshga tekgan chog‘