Ishdan chiqib yurdim uyim tomonga
Negadir iymanib yurgim kelmaydi
Ko‘chadan qarayman o‘sha ayvonga
Darvozamni ochib kirgim kelmaydi

Bir paytlar yo‘lim poylagan onam onam onam
Endi xech ham meni bir bor kutmaydi

Yuragimni qarang tirnaydi alam alam alam
Darvozamni ochib kirgim kelmaydi

Keldi bolam degan so‘zni kutaman kutaman
Na salom na alig bir so‘z o‘taman o‘taman
Shuncha dardni endi kimga aytaman aytaman
Darvozamni ochib kirgim kelmaydi

Onadan ayrilmoq qiyin bo‘larkan
Birgina jonginang ming bor o‘larkan

Onasiz uyingga g‘amlar to‘larkan
Darvozamni ochib kirgim kelmaydi