O‘tib ketdi og‘ir kunlarim
Bariga shukurlar aytdim
Duoingiz olib har nafas
Ona qarang zo‘r bo‘lib ketdim

Sevganimda kuldi qalam qosh
Siz borimga qildingiz bardosh
Endi ko‘rmay ko‘zingizda yosh
Ona qarang zo‘r bo‘lib ketdim

Berilmadim aslo kibirga
Oddiylik ko‘p yoqar qodirga
Bir hislatim yoqib Xudoga
Ona qarang zo‘r bo‘lib ketdim

Piyodamas otda yuribman
Do‘stlar uchun zo‘man zo‘riman
Balki Xudo suygan bandaman
Ona qarang zo‘r bo‘lib ketdim