Qadri bilinar endi menga goh
Olis maktabimni o'shal behasham

Navoiyku bizga usozdir biroq
Kimdir o'qitganku Navoiyni ham

Shunday buyuk zotga harf o'rgatgan kim
Oddiy muallimda oddiy muallim

Tuproq teng hokisor bezovta jonlar
Ammo qanoatda tog'dek ulug'vor

Hatto Temurdayin sohibqironlar
Pirim deb etagin o'pgan zotlar bor

Buyuk Jahongirga yo'l ko'rsatgan kim
Oddiy muallimda oddiy muallim

Ulfat ko'pu ammo bir do'st-u hamroh
Halim topolmadim undan halimqor

Qancha ustoz ko'rdim qancha oliygoh
Olim topolmadim undan olimroq