Yuragim derdim tilagim derdim
Tilagim eding ko'zlari qoram
Sezmadingmi yo dildagi zorim
Intizor edim ko'z tikar edim
Gul tutar edim yo'lingga jonim
Bir qiyo boqmading bag'ritosh zolim

Xushzabonim beg'uborim meni kechir
Qolmadi madorim bemorim bedorim
Yig'lak yurk bechoram
Yetishmoqqa qolmadi senga bir choram

Yo'llar yaqin lek ko'ngil uzoqmi
Ko'ngilga ilitguvchi ko'zlar uzoqmi
Yo ikkimizning ham ko'zimiz oqmi
Ko'rmading baxtingni topmadim ko'nglingni
Bermading mehringnishonma sevgingni