Mungli ko'zlar alamli ko'zlar
Ko'kdan yerga cho'kkan yulduzlar

Tomchi tomchi ko'z yoshim oqib
Bardim so'zlar hasratim so'zlar

Otasinbi ko'rmagan kimdir
Onasiga to'ymagan kimdur
Farzandi yo'q erkalay desa
Bo'sh yostiqqa yig'lagan kimdur

Yig'lamagin yig'lamagin
Umidingni muzlatmagin

Kular baxting to'ladi ko'ngling
Bahoring yaqin

Yolg'izmassan dunyolarda
Ijobat bor duolarda
Umrim shunday o'tadi dema
Bahoring yaqin