Cho'ntagimda bir tiyin yo'q
Yashashga biron uyim yo'q
Yirtilmagan kiyim yo'q
Bevafo yorni sevaman

Ishonganim faqat Xudo
Gunohimga berar jazo
Armonim o'sha bedavo
Bevafo yorni sevaman

Ko'chalarda daydiman
Yomonni yomoni man

Bag'ritosh bevafoni
Tanimasam qaniydi man

Hayotimdir to'la g'alva
Haydagan uyidan hamma
Men kambag'al odamman
Bevafo yorni sevaman