Kuyar bo'lsam kuyib bo'ldim
Bevafoni suyib bo'ldim
Alamlardan to'yib bo'ldim
Kechmoqlikka qaror qildim
Mendan dangal kechganing rost
Ro'molingni yechganing rost
Shaharlarda soching yoyib
Keng ko'ylaklar tordir biroz

Ko'zlarimga boqma endi
Bor bor bor
Dunyo bo'ldi ko'ylagingdek
Tor tor tor

Dardlarimni yuvolmadi
May may may
Hofiz kuylab chalgin mungli
Nay nay nay
Yusufingni ayladingku
Zor zor zor
Dunyo bo'ldi ko'ylagingdek
Tor tor tor