Uzoqlarga uchadi qushlar
O'tar bahor o'tadi qishlar

Ota onangiz bag'riga
Olib ketarmi goh tushlar

Ortda qolgan damgi xotirlar
Yuragingiz ba'zan o'rtanarmu
Va birinchi sevgingiz eslab
Ko'zlaringiz yoshlanarmi

Bosib yo'llar va kezib ellar
O'tib bormoqdami bu ellar

Bolalikni eslaysiz gohida
Dilda quvonchu baxt ila

Bosib yo'llar va kezib ellar
O'tib bormoqdami bu ellar
Bolalikni eslaysiz gohida
Dilda quvonchu baxt ila

Salom do'stim salom sizga
Jahongashta azizlarga

Qo'shiq aytdim salom deya
Qadrdon qora ko'zlarga