Sen yashaysan jonim
Hamisha har onim
Yuragimda yuragimda
Bo'lgin tilagimda
Bo'lmagin armonim
Yuragimda yuragimda

Aytaman so'zlarim
Bo'lmasin pinhon
Yuragimda yuragimda
Kecha kunduzlarim
Ishq yonadi ishon
Yuragimda yuragimda
Oydin kechada hayolim
Faqat senda qoshlari hilolim

Yuragimda bilgin tanhosan
Oydin tunlari bedorman
Oy yuzingni ko'rgani xumorman
Yuragim dardiga bir sen davosan

Ko'zlaringni sehri
Seziladi mehri
Yuragimdan yuragimdan
O'chmas endi aslo
Sevgimizning muhri
Yuragimda yuragimda