Dunyo tashvishlaring gardanimga ort,
Hayot gʻamlaringdan qilmasman faryod,
Gʻariblik boʻgʻzimdan qoʻllaringni tort,
Kuysam,hokisorim onam bor mening,
Sinsam panohdorim otam bor mening.

Sabrimni sinama ey yolgʻon dunyo,
Yarming chin boʻlsada,yarming gʻirt roʻyo,
Sening chun boshimni egmasman aslo,
Yigʻlasam, suyguvchi onam bor mening,
Yiqilsam tirgovchi otam bor mening.

Chin doʻst deb kuyganim,zorligim yolgʻon,
Gʻanim,yov dastidan xorligim yolgʻon,
Stam-u, gʻamlarga yorligim yolgʻon,
Quvonchim,sevinchim,onam bor mening,
Ishonchim,tayanchim otam bor mening.

Kuymasman ey sahro,oftoblaring- losh,
Qahraton qahringga beravergum dosh,
Ey menga kor qilmas, otavering tosh,
Munis-u, mehribon onam bor mening,
Boshimda soyabon otam bor mening.