Xotini bozorda
Beibo so'zlar
SInglisi Dubayda
Jazmanin ko'zlar
Kelini shim kiygan
Qalbingiz muzlar
Qizg'anish neligin
Bilmas dayuslar

Oxiratda bo'lgay
Dili mayuslar
Ahli ayolini
Sotgan dayuslar
Nomoz o'qimaydi
Hatto buvisi

Ko'chada qo'shmachi
Katta xolasi
Yarim yalong'ochdir
Kichik bolasi
Restoranda ishlar
Tuqqan onasi
Bu dunyoga shaydo
Qalbi mayuslar

O'zin Jahannamga
Otgan dayuslar
Xotin yomon yursa
Parvosi yo'qdur
Bu dunyodan o'zga
Dunyosi yo'qdur