Yaralangan qush kabi
Qanotim qayirdilar
Sevgan yorim vasldan
Umrbod ayirdilar

Taqdir ekan deb yana
Boshim egib ketaymi
Yoki o'z baxtim uchun
O'zimni qurbon etaymi
Yoki bu yerlardan
Boshim olib ketaymi
Boshim olib ketaymi
Yoki o'z baxtim uchun
O'zni qurbon etaymi
Yoki bu yerlardan
Boshim olib ketaymi

Hayot bunchalar
Azoblaring ko'p
Hayot shunchalar
Qiynoqlaring ko'p