Hayot tashvishlarga
Chalg'itib qo'yar

Sog'insam hislarim
Bag'rimni o'yar

Bilaman dunyodagi
Bir yomon bo'lsam
Men yomonni faqat
Bir onam suyar

Dardimga sherik
Bo'lmas ulfatlar

Boshimga kelsa gar
So'nsiz kulfatlar

Ariydi yurakni
Bosgan ming dardlar
Bor bo'ling yonimda
Hamma vaqa jonim onam

Ham ota bo'lib
Katta qilgansiz onam

Ko'zlaringiz yosh
Ko'rmasin onam

Onalar poyiga bosh
Qo'ysa ham olam
Shunda ham kam
Jonim onam

Ham ota bo'lib
Katta qilgansiz onam

Ko'zlaringiz yosh
Ko'rmasin onam

Onalar poyiga bosh
Qo'ysa ham olam
Shunda ham kam
Jonim onam