Qani endi yonimda bo'lsa
Menga yana jilmayib kulsa
Qani endi bir daqiqaga
Sog'inchimni bartaraf qilsa
Umidimni so'ndirolmayman
Haligacha voz kecholmayman
Nega, nega, aytgin menga?

Sog'inchlarim bo'ldi bir dunyo
O'ngimda emasman men go'yo
Xayollar og'ushida tunlar
Faqat sen haqingdadir o'ylar
Endi seni qaytarolmayman
Sog'inchimni ayta olmayman
Nega, nega, nega?

Sog'inib, sog'inib...
Kechalari kuy bilan ovunib
Yoninga men talpinib
Onda-sonda eslayman kulib
Unuta olmadim
Ne qilayin voz kecholmadim?