Muhlislaring qator qator tizilsa
Oyoqlaring yerdan jindak uzilsa
Asablaring sal narsaga buzilsa
Do'ppingni yerga qo'y birdam hayol sur
O'tgan kunlaringni bir bir eslab tur
Do'ppingni yerga qo'y birdam hayol sur
O'tgan kunlaringni bir bir eslab tur
Ko'kka qarab g'oz kerma qomadni
Ranjitmagin ko'kdan kelgan omadni
Kim berdi deya senga bu karomatni
Manmanlikdan o'zni o'zing emlab yur
O'tgan kunlaringni bir bir eslab tur
Manmanlikdan o'zni o'zing emlab yur
O'tgan kunlaringni bir bir eslab tur
Yo'l boshida orzularni quvlading
Baxt kalitin daromad deb o'ylading

Zarni sevsang nega zargar bo'lmading
Shohu gado bilan birdek suhbat qur
O'tgan kunlaringni bir bir eslab tur
Shohu gado bilan birdek suhbat qur
O'tgan kunlaringni bir bir eslab tur
O'tmishimning yig'indisi o'tgan kun
Alamimni ichimga jim yutgan kun
O'tgan kundir men bugunni kutgan kun
Yurakginam ertaga ham shunday ur
O'tgan kunlaringni bir bir eslab tur
Yurakginam ertaga ham shunday ur
O'tgan kunlaringni bir bir eslab tur
Inson butun umr qolmas zulmatda
Mard yigitga omad kelar albatta
El oldida doim bo'lib ibratda
Ey Alisher kamtar bo'lib davron sur
O'tgan kunlaringni doim eslab tur
Yurtning to'yu bayramida javlon ur
O'tgan kunlaringni doim eslab tur