Senlab so'zlaganni
Zinhor sizlama
Ayovsiz yo'llarda
Taskin izlama
Bir chetga surib
Qo'y xotiralarni
Seni unutganni
Sen ham eslama

Yaxshisi gullarga
Uzoqroq tikil

Senga erkalanib
Egilsa egil

Tog'lar poyidagi
Sharsha misol
O'zingni parchalab
Sochilma ko'ngil
Tog'lar poyidagi
Sharsha misol
O'zingni parchalab
Sochilma ko'ngil