Pul topdim-u pul turmadi qo'limda
Menga berdi chiqim chiqdi yo'limda
Kimni rahmi keldi ko'rgan kunimga
Yigitmisan dedi qilma ohu dod

Urib tepib katta qildi bu hayot
Chidamagan bandaga yo'qdur najot
Chin erkaklar uchun zo'rdur u hayot
Urib tepib katta qildi bu hayot

Yaxshi ko'rgan qizim yaxshi qiz edi
Bir to'p qizlar yulduz edi
To'yi bo'lgan kecha mayus edi
Dedi shayton daryolarga o'zing ot

Urib tepib katta qildi bu hayot
Chidamagan bandaga yo'qdur najot
Chin erkaklar uchun zo'rdur u hayot
Urib tepib katta qildi bu hayot