Xabari yo'qmish sanamni
Qoshi ko'zlari qalamni
Ishqida bag'ri dilim
Tilkaligidan
Nozlari kundan kun ortar
Dilginam azobin tortar
Yonaman nozli gulim
Erkaligidan

Mani xumor etar
Xasta bemor etar
Shirin ozor etar
Kulguchi borim
Yuragimni o'ynashin
Yo'liga bo'ylashim
Bir uni o'ylashim
Bilguvchi yorim

Voh voh pari pari
Parilarning dilbari
Voh voh pari pari
Jon olar bu duxtari
Voh voh pari pari
Parilarning dilbari
Voh voh pari pari
Jon olar bu duxtari