Halovatim yo'qolgan
Seni o'ylab kechalar
Ko'rgim kelar yuzingni
Sog'inaman nechalar
Hijron ezar qalbimni
Kelolmayman o'zimga
Netay sendan boshqasi
Yo'l topolmas ko'nglimga

Ey yor ey yor jonim
Bir bor ko'rsat yuzingni
Ey yor ey yor jonim
Bir bor ko'rsam vaslingni

Shamollarga ergashib
Uchgim kelar sen tomon
Dilimdagi gaplarim
Aytgim kelar bir imkon
Hijron ezar qalbimni
Kelolmayman o'zimga
Netay sendan boshqasi
Yo'l topolmas ko'nglimga