Sen ketgan kunda halovat yo'q
Kechalar ko'zlarimda uyqu yo'q

Cho'ntagim pulga to'la bo'lmasa ham
Seni mendek sevadigan odam yo'q

Yaxshi kunlar hali oldinda edi
Tilimdamas sevgim jonda edi

Bir kuni duch kelsak yolg'izima
Qarayolmasang kerak ko'zlarima

Kim biladi sendan ayrilganimni
Kim biladi armonda qolganimni

Ko'rolmayman seni boshqa endi
Boshlarim urildi toshga endi